» » O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi bo‘yicha MDH xalqaro musobaqasiga qatnashuvchilarni saralash musobaqasi o‘tkazildi (foto)

O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi bo‘yicha MDH xalqaro musobaqasiga qatnashuvchilarni saralash musobaqasi o‘tkazildi (foto)


11—12-may kunlari Mudofaa vazirligi sport klubida Mudofaa vazirligi sport klubining armiya qo‘l jangi ochiq-saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unda barcha harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, shuningdek, respublikadagi oliy harbiy ta’lim muassasalaridan jami 138 ta harbiy sportchilar 13 ta jamoa tarkibida o‘zaro bellashdi.

Musobaqa 8 ta vazn toifasida: - 60 kg, - 65 kg, -70 kg, - 75 kg, - 80 kg, - 85 kg, - 90 kg hamda 90 kilogrammdan yuqori o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent harbiy okrugi jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin Markaziy harbiy okrug harbiy sportchilariga nasib etdi. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug jamoasi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa g‘oliblari:

Musobaqa g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, MDHga a’zo mamlakatlarning do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o‘tkaziladigan armiya qo‘l jangi bo‘yicha chempionatga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yilning sentabr oyida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Armiya qo‘l jangi chempionatida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozog‘istonda o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют