» » Mudofaa vazirligida ilk bor “Ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishi” musobaqasi o‘tkazildi

Mudofaa vazirligida ilk bor “Ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishi” musobaqasi o‘tkazildi


4-may kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi marta “Ko‘rgazmali qo‘l jangi namoyishi” yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Harbiy xizmatchilarda qo‘l jangi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, raqib hamlasidan o‘zini o‘zi himoya qilish, safdan chiqarish, dovyuraklik, qat’iyatlilik sifatlarini oshirish va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan musobaqa rosmana do‘stona raqobat tusida o‘tdi. Unda 10 ta jamoa, har birning tarkibida 15 nafar ishtirokchi, juftlik tarkibida 2 nafar ishtirokchidan iborat holda bellashdilar”, — deyiladi xabarda.

Jamoalarning har bir chiqishi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugidan kelgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Eldor Shokirov va muddatli harbiy xizmatchi Almaz Tajetdinov “Eng yaxshi juftlik”, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Nurgali Nishonboev “Eng yaxshi akrobatik usul”, katta leytenant Xushmed Qurbonov esa “Eng yaxshi texnikasi uchun” nominatsiyalarida g‘olib deb topildi.

“Umumjamoa hisobida esa Toshkent harbiy okrugi birinchi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti ikkinchi, Janubi g‘arbiy maxsus harbiy okrugi jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi”, — deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют