» » “Chirchiq”da birinchi marotaba “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazildi (foto+video)

“Chirchiq”da birinchi marotaba “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazildi (foto+video)


24—26-iyun kunlari Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida birinchi marotaba Mudofaa vazirligi miqyosida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Musobaqa jarayonini Mudofaa vazirligi va harbiy okruglar mas’ul ofitserlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, Toshkent viloyati hokimligi vakillari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari va aholi (chipta to‘lovi asosida) kuzatdi.

Ikki bosqichli musobaqaning dastlabki kuni T-72 rusumli tankda Janubi-g‘arbiy maxsus, Markaziy, Toshkent harbiy okruglari harbiy xizmatchilari va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlaridan iborat jami to‘rtta jamoa umumiy uzunligi 4 ming 200 metr bo‘lgan estafeta aylanasi bo‘ylab bahslarga kirishdi.

“Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘rtasida birinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu tank biatloni musobaqasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. Bu kabi bellashuvlar kelgusidagi xalqaro musobaqalar uchun tramplin vazifasini o‘taydi. Yodingizda bo‘lsa, 2017 yil Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Xitoyning 22 ta poligonida 28 ta mamlakat harbiy xizmatchilari ishtirokida “ARMI-2017” uchinchi xalqaro armiya o‘yinlarida vakillarimiz faxrli o‘rinlarni egallagan edi”, – deydi musobaqa bosh hakami polkovnik Alisher Alijonov.

Musobaqa shartlari davomida professional harbiy xizmatchilar T-72 tankining nimalarga qodir ekanini tezlik va aniqlik mezonlari asosida ko‘rsatib berdi.

Ikkinchi bosqichda Mudofaa vazirligi harbiy okruglari va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtidan jami oltita jamoa ishtirokida T-62 tankida musobaqa o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov g‘olib va sovrindorlarga kubok, diplom va esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют