» » MOQning yangi rahbari: “Bartaraf etishimiz kerak bo‘lgan muammolar yetarli”

MOQning yangi rahbari: “Bartaraf etishimiz kerak bo‘lgan muammolar yetarli”


O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida rahbarlik faoliyatini boshlagan Rustam Shoabdurahmonov o‘zining birinchi ish kunida Olimpiya o‘yinlari sirasiga kiruvchi barcha sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Unda ko‘rilgan asosiy masala Tokio Olimpiadasiga olib boriladigan tayyogarlik dasturini ko‘rib chiqib, sohadagi muammolarni bartaraf etishga qaratildi.

Yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchonov, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari mutasaddi va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Oldimizda Tokio Olimpiadasi turibdi. Vaqt oz qolgan. Bartaraf etishimiz kerak bo‘lgan muammolar yetarli. Kecha ham aytganimdek, biz bu borada hamjihatlikda ishlashimiz kerak. Hozir bir necha oy qiynalamiz. Ammo shu qiyinchilikdan o‘tib olsak, keyin ishimiz ancha yengil bo‘ladi. Hali har bir federatsiya vakillari bilan alohida tanishib chiqaman. Bungacha qilichbozlik federatsiyasida faoliyat olib borganim bois, sohadagi vaziyat menga ayon. Endi qolgan federatsiyalar bilan ham shug‘ullanib chiqamiz. Shuningdek, hayolimizda faqat Tokio Olimpiadasi bo‘lib, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarini ham tashlab qo‘ymasligimiz kerak. Axir keyingi Olimpiadaning negizini shular tashkil etadi. Ular haqida biz qayg‘urmasak, hech kim o‘ylamaydi.

Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti

Uchrashuv davomida MOQ prezidenti mutasaddilarga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari sifatini oshirish, murabbiylar malakasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yig‘ilishda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirgan boks, gimnastika, og‘ir atletika, dzyudo, suzish, ot sporti, karate, o‘q otish, kamondan otish, taekvondo WTF, zamonaviy beshkurash va regbi federatsiyalari mutasaddilariga muammolarni bartaraf etish borasida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют