» » O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiya?siga yangi rais saylandi

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiya?siga yangi rais saylandi


3-dekabr, dushanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti, yengil atletika, qilichbozlik, suzish, o‘q otish federatsiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylab olishdan iborat bo‘ldi. Federatsiyaning avvalgi rahbari Farruh Fazliyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan bo‘shab qolgan lavozimga bungacha O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Gaziyev nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan Gaziyev nomzodini qo‘llab-quvvatladi va shu tariqa u O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisiga aylandi.

Ma’lumot uchun, zamonaviy beshkurash sportida atletlar beshta yo‘nalish – qilichbozlik, suzish, ot sporti, yugurish va pistoletdan o‘q otish bo‘yicha kurash olib boradi. Mazkur sport turi ilk marotaba 1912-yili Stokholm mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarida dasturga kiritilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangilaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют