» » Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Andijonga tashrif buyurdi (foto)

Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Andijonga tashrif buyurdi (foto)


Rossiyagi Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori Suleyman Mammayev boshchiligidagi delegatsiya vakillari – ushbu oliy ta’lim muassasasining stomatologiya fakulteti dekani Tagir Abakarov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha mas’ul Sajida Xadjaliyevalar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda institut matbuot kotibi “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur oliygohlar o‘rtasida imzolangan shartnomada qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, uzoq muddatli va samarali hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelgan dog‘istonlik mehmonlar ADTI simulyatsion o‘quv markazida bo‘lib, bu yerdagi shart-sharoitlar, talabalarning fantom, mulyaj va stimulyatorlar bilan ishlash jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Institut ilmiy kengashlar zalida professor-o‘qituvchilar, magistrantlar, klinik ordinatorlar va talabalar bilan ilmiy muloqot ham o‘tkazildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari institut klinikasining 2–jarrohlik bo‘limidagi davolash ishlari, o‘quv xonalari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgach, bemorlarga zarur maslahatlar berdi.

Uchrashuv davomida har ikki tomon vakillari hamkorlik shartnomasi, “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish, “3+2” o‘qitish tizimining tashkiliy tomonlari, 2019-2020-o‘quv yili uchun stomatologiya fakultetiga abituriyentlarni qabul qilish qo‘shma o‘quv dasturi, talabalarning o‘qish to‘lov kontrakt miqdori va kelgusidagi rejalar xususida kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют