» » Rossiyadagi “Rakus” tashkiloti direktori Andijonga tashrif buyurdi

Rossiyadagi “Rakus” tashkiloti direktori Andijonga tashrif buyurdi


Rossiya Federatsiyasidagi 20 ta universitet ta’lim sifatini oshirish va ularni dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi “Rakus” tashkiloti direktori  Avbakar Nutsalov Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda institut matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“Andijonda O‘zbekistondagi Rossiya universitetini tashkil etish” loyihasini o‘rganish hamda viloyatdagi investitsion muhit bilan yaqindan tanishish maqsadida kelgan mehmonga ADTI hamda Rossiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot markazlari o‘rtasida o‘rnatilgan xalqaro aloqalar, xususan, masofaviy ta’lim, teleko‘priklar, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi, mutaxassislar malakasini oshirish, davolash ishlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berildi.

Tashrif davomida A.Nutsalov institut klinikasida ham bo‘lib, funksional diagnostika bo‘limidagi multispiral kompyuter, magnit rezonansli tomografiya, exokardiogramma xonalari hamda xirurgiya bo‘limidagi kafedralar o‘quv xonalarining sharoitlari bilan yaqindan  tanishdi.

Uchrashuv so‘ngida ikki tomon vakillari kelgusida amalga oshiriladigan rejalar, yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют