» » Luvr piramidasining loyihachisi 102 yoshida vafot etdi

Luvr piramidasining loyihachisi 102 yoshida vafot etdi


AQShda asli xitoylik bo‘lgan Pajirdagi Luvr muzeyi piramidasining loyihachisi Bey Yuymin vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent” xabar berdi.

The New York Times gazetasining yozishicha, Yuymin 16-mayga o‘tar kechasi Nyu-Yorkda olamdan o‘tgan. U o‘zining 102 yoshini 26-aprel kuni nishonlagan edi.

Arxitektor 1917-yili Xitoy janubidagi Guanchjou shahrida tug‘ilgan, 1935-yilda AQShga ko‘chib kelgan.

Avvaliga Massachusets texnologiyalari institutini tamomlagan Yuymin, keyinchalik Garvard universiteti qoshidagi Oliy dizayn maktabida tahsil olgan.

1983-yili arxitektura sohasida eng nufuzli hisoblangan Pritskerovskiy mukofoti lauriatiga aylangan.

Yuymin birinchi navbatda Parij markazidagi Luvr muzeyi piramidasini bunyod etgani bilan tanilgan. Fransiya sobiq prezidenti Fransua Mitteran tashabbusi hamda Yuyminning loyihasi bilan 1985—1989-yillarda metall va shishadan 20 metrli piramida qurilgan.

Bundan tashqari arxitektor Klivlenddagi rok-n-rol Shon-sharaf zali, Vashingtondagi Milliy san’at galereyasi, Nyu-Yorkdagi JPMorgan Chase banki binolari va boshqa ko‘plab inshootlar loyihasini yaratgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют