» » AQSh prezidenti Donald Tramp ipoteka kreditini oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp ipoteka kreditini oldi


AQSh prezidenti Donald Tramp 2018-yilda 5 million dollardan ortiq ipoteka krediti olgan. Bu haqda Prezident moliyaviy ishlari bo‘yicha hukumat etikasi idorasining hisobotida yozilgan, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Har yillik hisobotda 5 million dollardan 25 million dollargacha olingan ipoteka kreditlari haqida ma’lumot keltirilgan.

Palm Beach Daily News gazetasining xabar berishicha, kichik Donald Tramp prezidentning singlisidan Floridada joylashgan to‘qqiz xonali uyni 18,5 million dollarga sotib olgan. Reuters agentligi esa ushbu uyni sotib olish 11,2 million dollarga tushganini bildirmoqda. Biroq AQSh prezidenti o‘zining soliq deklaratsiyasini e’lon qilmasligi sabab, kreditning aynan qancha qismi uning hisobiga to‘g‘ri kelishini bilishning imkoni yo‘q.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Donald Tramp jami 14 ta kredit olgan va ularning uchtasi 50 million dollarlik qiymatdan yuqori.

AQShda juda badavlat insonlar ham ipoteka krediti oladi. Bunga ipoteka kreditlariga nisbatan belgilangan foizlarning pastligi sabab bo‘ladi. Masalan, Trampga Floridadagi uy uchun ajratilgan kredit 4,5 foizdan ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют