» » Shavkat Mirziyoyev: Andijonda imkoniyat kop, iqtisodiyot diversifikatsiya qilinmagan

Shavkat Mirziyoyev: Andijonda imkoniyat kop, iqtisodiyot diversifikatsiya qilinmagan


Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Andijon viloyati hokimligida faollar yigilishi bolib otdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati malum qildi.

Mamlakatning barcha hududlari kabi Andijon viloyatida ham katta ozgarishlar yuz bermoqda.

Xususan, otgan yili viloyat yalpi hududiy mahsuloti 12 foiz, investitsiyalar 19 foiz osgan. Joriy yil birinchi chorakda ham osish suratlari kuzatilgan.

Shunga qaramay, hali viloyatda imkoniyatlar kopligi, iqtisodiyot diversifikatsiya qilinmagani takidlandi. Jumladan, viloyat sanoatining 80 foizi Asaka tumani va Andijon shahriga togri kelib, boshqa tumanlarda sanoat deyarli rivojlanmagani korsatib otildi. Iqtisodiy faol aholining kopchiligi ishsiz, kishi boshiga togri keladigan xizmat korsatish hajmi yetarli emasligi qayd etildi.

Shu bois Andijon viloyatida 20192020-yillarda amalga oshiriladigan qiymati 25 trillion 181 milliard som bolgan 908 ta loyihadan iborat investitsiya dasturi ishlab chiqildi. Ushbu loyihalar jami 1,7 milliard dollar togridan-togri xorijiy sarmoyani ozlashtirish va 35 mingdan ziyod ish orni yaratishni taminlaydi.

Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi bolgan oilalarni aniqlab, Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida 420 milliard som imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yigilishda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida etibor qaratildi. Joriy yilda Andijon shahrida 14 ta kop qavatli arzon uy va koplab tijorat uylari, qishloq joylarda 224 ta namunali uy-joy va 56 ta kop qavatli arzon turar joylar qurilishi malum qilindi.

Prezident viloyat aholisi osib borayotgani yana koplab uylar va qoshimcha ish orinlari, ijtimoiy va kommunal xizmatlar tashkil etishni talab qilishi, buning uchun vazirliklar va viloyat rahbarlari uzoqni kozlab, ozini qiynab ishlashi zarurligini takidladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-05-2019, 12:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -