» » Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasida imtiyozli ravishda operatsiyalar o‘tkaziladi

Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasida imtiyozli ravishda operatsiyalar o‘tkaziladi


Bugungi kunda O‘zbekistonda qandli diabet kasalligining ko‘z bilan bog‘liq asoratlari tibbiyotimizning oftalmologiya yo‘nalishidagi dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur xastaliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, profilaktika va tashxislash jarayonini yaxshilash maqsadida qator izlanishlar olib borilmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Jumladan, davlat rahbarining 2017-yil 20-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ilk marotaba homiylar ko‘magida “Oertli” kompaniyasining OS4 kombayni Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasiga keltirildi. Mazkur zamonaviy texnologiyaning imkoniyatlaridan tibbiyotda keng foydalanish maqsadida shifoxona mutaxassislari xorijda malaka oshirib qaytdi.

Ushbu texnologiya asosida shu yilning 20 – 26-may kunlari Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasida markaz shifokorlari va Moskva shahridagi Gelmgols ilmiy tekshirish instituti professori, tibbiyot fanlari doktori Sergey Toropayan boshchiligida qandli diabet kasalligining ko‘z bilan bog‘liq asoratlari, jumladan, diabetik retinopatiya va to‘r parda kasalliklari bilan kasallangan bemorlarga imtiyozli narxlarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazadi.

Haftalik davomida Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti oftalmologiya kafedrasida tahsil oluvchi klinik ordinatorlar, malaka oshirish uchun kelgan shifokorlarga va klinika shifokorlariga mahorat darslari o‘tkaziladi va yuqori texnologik murakkab operatsiyalar jonli jarrohlik usulida namoyish etiladi.

Ushbu amaliyotlardan imtiyozli ravishda foydalanishni istagan bemorlar Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi ma’muriyati bilan bog‘lanishlari mumkin, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют