» » Lionel Messi Kataloniyaning oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi

Lionel Messi Kataloniyaning oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi avliyo Georgiy nomidagi Sant-Jordi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur mukofot 1981-yildan buyon o‘z egalariga topshirilib kelinadi va bu Kataloniyaning oliy mukofotlaridan biri hisoblanadi. Argentinalik futbolchi ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan klub tarixidagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq “Barselona” sobiq o‘yinchisi hamda murabbiyi Yoxan Kroyff ushbu mukofotga ega chiqqandi.

Ma’lumot uchun, avliyo Georgiy nomidagi Sant-Jordi mukofoti Kataloniya tili hamda madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan insonlarga beriladi.

“Mazkur mukofotga loyiq ko‘rilganimdan xursandman va faxrlanaman. Bu mukofotning Kataloniya jamoatchiligidagi qadr-qimmatini qadrlayman”, — deb yozadi Messi o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida.

Ta’kidlash joiz, Leo joriy mavsum 48 ta uchrashuvda 48 ta gol urdi va 22 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining “ko‘k-anor ranglilar” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют