» » Niderlandiya investitsiya kompaniyasi Triodos Investment Management “Ipak Yo‘li” bankiga 3 mln yevro miqdorida  subordinar qarz ajratdi

Niderlandiya investitsiya kompaniyasi Triodos Investment Management “Ipak Yo‘li” bankiga 3 mln yevro miqdorida  subordinar qarz ajratdi


2019-yil 7-may kuni Triodos Investment Management subordinar qarz shartnomasi doirasida “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankiga 3 mln. yevro miqdorida mablag‘ ajratdi.

Mamlakatning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan davrida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu uzoq muddatli subordinar kredit “Ipak Yo‘li” bankining kapital bazasini oshirish hisobiga kreditlash operatsiyalarini kengaytirishga imkon beradi. Pul mablag‘lari kichik biznesni moliyalashtirish, O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirishga va qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

“Ipak Yo‘li” ning jahonning yetakchi moliya institutlari bilan muvaffaqiyatli hamkorligining uzoq tarixi turli moliyaviy manbalariga va instrumentlariga keng yo‘l ochib keladi.

“Triodos” bilan tuzilgan shartnoma so‘nggi yarim yil davomida xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan ikkinchi subordinar qarzi bo‘lib, bu xalqaro moliyaviy jamoatchilikning O‘zbekistonga, xususan, “Ipak Yo‘li” bankiga katta qiziqish va ishonch borligini ko‘rsatmoqda.

Triodos Investment Management dunyoning yetakchi xususiy investitsiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash orqali ijtimoiy tengsizlikka va atrof-muhitga salbiy ta‘sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtiradi.

Xalqaro moliya sohasida 25 yillik tajribasiga ega bo‘lib, bugungi kunda ushbu kompaniya 4 milliard yevrodan ortiq mablag‘ni boshqaradi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют