» » Ozbekiston va Xitoy harbiylari ortasida Hamkorlik-2019 aksilterror oquv-amaliy mashgulotlari yakunlandi

Ozbekiston va Xitoy harbiylari ortasida Hamkorlik-2019 aksilterror oquv-amaliy mashgulotlari yakunlandi


Ozbekiston Milliy gvardiyasi qomondoni va Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi Bosh qomondoni ortasida tuzilgan ozaro hamkorlik rejasiga asosan 2019-yil may oyida otkazilgan Hamkorlik-2019 aksilterror oquv-amaliy mashgulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Daryoga Milliy gvardiya xabar berdi.

2019-yilning 14-may kuni Ozbekistonga Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi bosh qomondoni Van Nin Hamkorlik-2019 aksilterror oquv-amaliy mashgulotining yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki kunida bosh qomondon Van Nin va Ozbekiston Milliy gvardiyasi qomondoni Bahodir Toshmatovning uchrashuvi otkazildi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, keyingi hamkorlikni tashkillashtirishdagi istiqbolli yonalishlar belgilab olindi.

2019-yilning 15-may tashrifning ikkinchi kuni ikki tomon rahbarlari aksilterror oquv-amaliy mashgulotlari yakunida ishtirok etish uchun Jizzax viloyatida joylashgan Forish poligoniga yetib keldi.

Har ikki mamlakatning ishtirokchilari jamoat xavfsizligini taminlash va terrorchilik korinishlari bilan kurashishga qaratilgan professional tayyorgarlikning yuqori darajasini namoyish qildi.

Dastlab harbiy xizmatchilar kop qavatli turar joy binosini garovga olgan bir guruh terrorchilarni yoq qilish va garovdagilarni qutqarish operatsiyasini amalga oshirdi. Song esa terrorchilar bazasini yakson qilish operatsiyasi namoyish etildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar zamonaviy qurollardan foydalangan holda dushmanni yoq qilish mashqlarini, turli holat va sharoitlarda qurollardan mohirona foydalana olish imkoniyatlarini korsatdi.

Ikki hafta mobaynida harbiy xizmatchilarning bosh vaqtlarini maroqli otkazish maqsadida tashkil etilgan sport musobaqalari, manaviy-marifiy tadbirlar, tarixiy joylarga sayohat ishtirokchilar orasida dostona muhitni yaratdi.

Biz Ozbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi faoliyatiga qoyil qoldik. Ozbekistonga tashrif buyurish va ushbu 15 kun davomida oquv mashqlarida ishtirok etish Milliy gvardiyadan kop jihatlarni organishga imkon berdi. Gvardiyachilarda korgan eng yaxshi fazilatlar bizning harbiy xizmatchilarimizda chuqur taassurot qoldirdi: Birinchidan, vatanparvarlik, Vatanga va xalqqa sadoqat. Ikkinchidan, jangovar ruh, majburiyatlarni bajarishga shaylik, qiyinchiliklarni yengib otishdagi qatiylik va gayrat. Uchinchidan, yaxshi imidj va qatiy intizom. Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi sizdan juda kop narsani organishi kerak. Biz kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, yuqori natijalarga erishish uchun say-harakatlarni birlashtirish va bir-birimizdan organish borasida Ozbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qomondoni general-polkovnik Toshmatov bilan kelishib oldik, deya fikr bildirdi Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi bosh qomondoni general-polkovnik Van Nin.

Qayd etish joizki, tahdidlarga qarshi kurashish, xavfsizlikni taminlash borasida strategik sheriklik va ishonchli hamkorlikka asoslangan bunday keng kolamli harbiy oquv mashgulotlarini birgalikda otkazish ikki davlat harbiy xizmatchilariga katta tajriba maktabi sifatida xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (17-05-2019, 18:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -