» » Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi va raisning birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi va raisning birinchi o‘rinbosari tayinlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 18-martdagi PF-4991-sonli Farmoni bilan Abdurahmon Abduvaliyev O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi.

Abdurahmon Abdulhayevich Abduvaliyev ayni paytga qadar Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtoyo‘l” DAK) boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoni bilan “O‘zavtoyo‘l” DAK faoliyati tugatilib, uning negizida Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yana bir hujjat, ya’ni 2017-yil 18-martdagi PQ-2846-sonli qaroriga binoan Shuhrat Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuhrat Baxtiyorovich Nazarov ayni paytga qadar “O‘zavtoyo‘l” DAK boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Prezidentning 2017-yil 14-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan qo‘mita tashkiliy tuzilmasiga asosan, yangi tashkil etilgan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari — moliya-iqtisodiyot, iqtisodiy tahlil va istiqboldagi rivojlanish, sanoatni rivojlantirish, xalqaro aloqalar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga rahbarlik qiladi.

Опубликовано: admin (19-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют