» » XVJ direktori O‘zbekistonda kreditlash darajasini qisqartirish zarurligini ta’kidladi

XVJ direktori O‘zbekistonda kreditlash darajasini qisqartirish zarurligini ta’kidladi


Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida bank sektoridagi islohotlar va makroiqtisodiy siyosat masalalari muhokama qilindi.

K.Lagard mamlakatda kreditlash darajasini qisqartirish, davlat korxonalari va banklarini isloh qilishda xatarlarni monitoring qilish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan moliyaviy sektorda islohotlarning barcha xatarlarini tushunish muhimligi qayd etildi.

Kristin Lagard XVJ bor salohiyatini ishga solgan holda o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng K.Lagard Markaziy bank xodimlari va talabalar uchun “O‘zbekistondagi islohotlar: inklyuziv o‘sish va hamkorlik uchun yangi formula” mavzusida ma’ruza qildi.

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют