» » Abdulaziz Komilov Dushanbeda Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Dushanbeda Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Abdulaziz Komilov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlar 2019-yildagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibini ko‘rib chiqdi.

Muzokaralar so‘ngida vazirlar Toshkent shahrida 2018-yil 17-avgustda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish protokoliga qo‘l qo‘ydi.

Shartnomaning 16-moddasiga binoan hujjat 2019-yil 17-may kuni kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют