» » “Buxoro–Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan zamonaviy avtobuslarda chipta narxi 55 ming so‘m qilib belgilandi

“Buxoro–Toshkent” yo‘nalishida qatnaydigan zamonaviy avtobuslarda chipta narxi 55 ming so‘m qilib belgilandi


Buxoroda O‘zbekiston Transport vazirligi tomonidan Buxorodan Toshkent, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryoga qatnaydigan 20 ta zamonaviy avtobus xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining hududiy boshqarmasi matbuot xizmati vakili Sherzod Toshev ma’lum qildi.

Mazkur shaharlararo tezyurar avtobuslar videokuzatuv moslamalari hamda GPS qurilmasi bilan jihozlangan.

— Avtobuslar ikki nafar tegishli malaka va yetarli ish tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar tomonidan boshqariladi. Markazlashgan dispetcherlik xizmati yo‘lovchilarga namunali transport xizmatini ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar chiptalarni avtostansiya kassalari orqali ham xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, — dedi Sherzod Toshev.

“Buxoro–Toshkent” yo‘nalishidagi avtobuslar chiptasi 55 ming so‘m qilib belgilangan.

— Keyingi paytlarda yo‘lovchi tashish transport vositalari turlari oshib bormoqda. To‘g‘risi, men uzoq yillardan buyon poytaxtga yoki Samarqandga borish uchun avtobus xizmatidan foydalanmay qo‘ygandim. Chunki xizmatlar juda achinarli ahvolda, avtobuslar nosoz va ta’mirga muhtoj edi. Bugun esa “Toshkent–Buxoro” yo‘nalishidagi zamonaviy avtobusda 55 ming so‘m evaziga, bor-yo‘g‘i, 7 soatda qaytdim. Ham arzon, ham qulay, — dedi yo‘lovchi Murodjon Rahmatov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 14:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют