» » Elnur Abduraimov nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Elnur Abduraimov nokaut evaziga g‘alaba qozondi


18-may, shanba kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi vakili Elnur Abduraimov (5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Elnur shu kuni tanzaniyalik bokschi Issa Nampepechega (29 ta g‘alaba, 10 ta mag‘lubiyat, 6 ta durang, 12 ta nokaut) qarshi ringga chiqdi.

O‘zbekistonlik bokschi raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada Elnur o‘zining beshinchi jangida beshinchi nokautini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan “RMK yakkakurashlar akademiyasi” sport saroyida bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomida, shuningdek, o‘zbekistonlik boshqa bokschilar yengil vazn toifasida Ravshan Umrzoqov (8 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) va ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Sardor Muzaffarov (4 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta nokaut) ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют