» » Bundesliga. “Bavariya” ketma-ket yettinchi marta Germaniya chempioniga aylandi

Bundesliga. “Bavariya” ketma-ket yettinchi marta Germaniya chempioniga aylandi


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena”da “Ayntraxt Frankfurt”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq myunxenliklar yarim himoyachisi Kingsli Koman hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Sebastyan Aller hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinda davomida “Bavariya” a’zolari David Alaba (53), Renatu Sanshesh (58), Frank Riberi (72), Aryen Robben (78) birin-ketin gol urib hisobni yiriklashtirdi (5:1).

Shu tariqa “Bavariya” musobaqaning so‘nggi turida “Anytraxt Frankfurt”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyat uchratdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng Niko Kovach shogirdlari ochkolari sonini 78 taga yetkazib oldi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shu kuni Lyusyen Favr boshliq “Borussiya Dortmund” jamoasi “Borussiya Myunxengladbax” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 45-daqiqasida dortmundliklar a’zosi Jeydon Sancho hisobni ochgan bo‘lsa, 54-daqiqaga kelib yarim himoyachi Marko Roys hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Ushbu turdan so‘ng “Borussiya Dortmund” 76 ochko to‘plab joriy mavsumni musobaqa jadvalida 2-o‘rinda yukunladi.

Bundesliga

34-tur bahslari

18-may, shanba

Gollar: 1:0 — 4 Koman, 1:1 — 50 Aller, 2:1 — 53 Alaba, 3:1 — 58 Sanshesh, 4:1 — 72 Riberi, 5:1 — 78 Robben

Gollar: 0:1 — 45 Sancho, 0:2 — 54 Roys

Gollar: 0:1 — 28 Xaverts, 1:1 — 34 Lazaro, 1:2 — 38 Alario, 1:3 — 54 Brandt, 1:4 — 72 Alario

Gollar: 1:0 — 35, penalti, Rashitsa, 1:1 — 86 Mukiyele, 2:1 — 88 Pisarro

Gollar: 1:0 — 7 Terrassino, 2:0 — 34 Valdshmidt, 3:0 — 54 Petersen, 4:0 — 56 Petersen, 5:0 — 61 Grifo, 5:1 — 69 Leven

Gollar: 0:1 — 12 Belfodil, 0:2 — 34 Kramarich, 1:2 — 66, penalti, Brosinski, 2:2 — 83 Boetiyus, 3:2 — 90 Boetiyus, 4:2 — 90 Mateta

Gollar: 1:0 — 21 Vegorst, 2:0 — 37 Vegorst, 3:0 — 41 Knoxe, 4:0 — 55 Vegorst, 5:0 — 57 Ginchek, 6:0 — 60 Rejbechay, 6:1 — 82 Shiber, 7:1 — 85 Brekalo, 8:1 — 89, avtogol, Danzo

Gollar: 1:0 — 56 Hennings, 2:0 — 60 Karaman, 2:1 — 78 Myuller

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют