» » O‘zbekistonda Janubiy Koreya tajribasi asosida zamonaviy farmatsevtika klasteri tashkil etiladi

O‘zbekistonda Janubiy Koreya tajribasi asosida zamonaviy farmatsevtika klasteri tashkil etiladi


Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Janubiy Koreyada bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif doirasida delegatsiya Eulji universiteti rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqotda Koreya tomoni O‘zbekistonda universitet filiali va klinikasini tashkil etishga qiziqish bildirdi. Ushbu loyihani muhokama qilish maqsadida yaqin vaqt ichida Eulji University rahbari Xong Song Xi O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini qayd etdi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Delegatsiya a’zolari Osan shahrida 20 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Biofarmklasterda ham bo‘lshdi. Bu yerda joylashgan farmatsevtika va bio-farmatsevtika kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, klinikalar, laboratoriyalar va venchur jamg‘armalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot yakunida tomonlar O‘zbekistonda farmatsevtika klasterini tashkil etish borasida “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Ushbu kelishuv Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Janubiy Koreya Biofarmklasteri rahbari Pak Gusun o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumi bilan mustahkamlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют