» » O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining navbatdan tashqari attestatsiyasi muddatlari belgilandi

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining navbatdan tashqari attestatsiyasi muddatlari belgilandi


O‘zbekiston Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o‘qituvchilarni bosqichma-bosqich malaka toifalariga ega bo‘lishlariga erishish va oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar sonini oshirish vazifalari belgilangan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi inspeksiyasi eslatmoqda.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2015—2018-yillarda o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etgan pedagoglar uchun o‘z arizalariga ko‘ra, muddatidan ilgari attestatsiyasi 2019-yil iyun oyida o‘tkazilishi belgilandi.

Buning uchun ular o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasasi rahbariga yozma murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Ta’limni boshqarish bo‘yicha hududiy boshqaruv organlari esa o‘z navbatida attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan pedagoglar ro‘yxatini shakllantirib, 2019-yil 1-iyunga qadar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari hamda pedagog kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron dasturga kiritilishini nazoratga olishi talab qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют