» » O‘zbekiston hukumati ilk bor davlat dasturi bajarilishi yuzasidan deputatlarga hisob berdi

O‘zbekiston hukumati ilk bor davlat dasturi bajarilishi yuzasidan deputatlarga hisob berdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ilk bor Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturining 2019 yil birinchi choragida bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobotni Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etdi.

O‘tgan davrda hukumat faoliyatida ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullanish ustuvor vazifaligi ta’minlanib, aholining bandligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimini takomillashtirish ishlariga alohida e’tibor berildi. “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar — kelajagimiz”, dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yerlarini rivojlantirishga doir dasturlar asosida ish o‘rinlarini yaratish amalga oshirilmoqda.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida zamonaviy qishloqlarda (jami 478 ta) 312 ming 549 xonadon qurilib, 1,7 million nafar aholining, shaharlardagi mahallalarda esa 496 ming aholining yashash sharoiti yaxshilandi.

Vazirlar Mahkamasining hisoboti deputatlar tomonidan har tomonlama, chuqur tahlil qilindi. Hukumat hisoboti yuzasidan har bir siyosiy partiya fraksiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.

Jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalari a’zolari Davlat dasturining 2019-yil birinchi choragida ijrosi ta’minlanishi rejalashtirilgan 63 ta banddan amalda 46 tasi bajarilganiga e’tibor qaratar ekan, o‘z vaqtida ado etilmagan bandlar bo‘yicha asosli e’tirozlar bildirdi.

Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat dasturlarini amalga oshirishda mahalliy hokimiyat organlaridagi mavjud byurokratik to‘siq va subyektiv omillarni bartaraf etish yuzasidan hukumat alohida ko‘rsatmadan iborat normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqib, qat’iy nazoratni amalga oshirishi lozimligi, zarur hollarda deputatlar bilan bu sohada faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarurligini bildirib o‘tdi.

Amaliy ruhda kechgan o‘zaro savol-javoblardan so‘ng deputatlar Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturining 2019-yil birinchi choragida bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisobotini ma’qulladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 1) ( 61) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...