» » Namanganda ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda bu korsatkichni kamaytirish uchun qanday choralar korilmoqda?

Namanganda ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etmoqda. Viloyatda bu korsatkichni kamaytirish uchun qanday choralar korilmoqda?


Namangan viloyatida ishsizlik korsatkichi ancha yuqori. Bu borada viloyatda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? OzA ushbu savol bilan viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga murojaat qildi.

Viloyatda mehnatga layoqatli aholi soni 1561,9 ming kishini, band aholi soni 1057,3 ming kishini, shundan doimiy ishga ega bolmagan fuqarolar soni 108,2 ming kishini yoki ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etmoqda. Ushbu korsatkich amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018-yil boshiga nisbatan 0,8 foizga kamayishiga erishilgan. Ishsizlarning 54,2 ming nafari (50,1 foiz) ayollar, 59,5 ming nafari (55,0 foiz) yoshlar hissasiga togri keladi.

Ish orinlarini tashkil etish va aholi bandligini taminlash maqsadida viloyatda 2018 yil davomida barcha yonalishlarda 22506 ta, Prezidentning 2018-yil 23-may kunlari Namangan viloyatiga tashriflari doirasida qabul qilingan dasturga asosan 48782 ta ish orinlari yaratildi.

Shuningdek, Obod qishloq, Obod mahalla, Har bir oila-tadbirkor va Yoshlar kelajagimiz dasturlarini qabul qilinishi minglab qoshimcha ish orinlari yaratish imkonini bermoqda.

Xususan, Har bir oila tadbirkor dasturi boyicha kreditlar va taminotchi korxonalari paviloni tashkil etilib, 9839 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 116 milliard som, Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi doirasida 164 ta tadbirkorlik subyektlariga 40,6 milliard som imtiyozli kredit mablaglari ajratildi.

Shuningdek, 7,1 milliard som mikrokreditlar ajratilishi hisobiga 863 nafar kam taminlangan fuqaroning bandligi taminlandi.

Prezidentning 2018-yil 26-apreldagi Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga asosan 252 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 10,2 milliard som imtiyozli kredit mablaglari ajratildi.

Bundan tashqari, Bandlik organlari tomonidan 25343 nafar ishsiz xalq xojaligining turli tarmoqlariga ishga joylashtirildi. 20172018-oquv yilida 34904 nafar yosh kasb-hunar kollejlarini tamomlab, hozirda ulardan 26987 nafari ish bilan taminlandi.

Mehnat bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, 2019-yil davomida viloyatda ishsizlik muammosini bartaraf etish boyicha ijobiy ozgarishlarga erishilishi kutilmoqda. Jumladan:

2019-yilda jami 28 858 ta ish orinlari yaratish dasturi ishlab chiqildi. Yirik loyihalarda 3345 ta, kichik loyihalarda 5 855 ta, faoliyat korsatmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan binolar va qurilishi tugallanmagan obyektlar negizida 757 ta, ijtimoiy va boshqa obyektlar hisobiga 500 ta, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi obyektlar hisobiga 915 ta, hunarmandchilikni rivojlantirishda 2645 ta va tijorat banklarining kredit mablaglari hisobiga 14841 ta ish orni tashkil etiladi.

Namangan viloyatini 20192020-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 12 trillion 858 milliard 918 million.somlik 1476 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 34198 ta ish orni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Xorijiy davlatlarning investitsiyalarini keng jalb qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, 2019-yilda umumiy qiymati 200 million dollar miqdoridagi togridan-togri xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 3 mingdan ziyod ish orni yaratilib, aholining bandligi taminlanishiga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-01-2019, 14:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -