» » Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi


2019-yil 26-aprel kuniOzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bolib otdi. Bu haqdaOzbekiston RespublikasiOliy Majlisi SenatiningAxborot xizmatixabar bermoqda.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Nigmatilla Yoldoshev olib bordi.

Kengash Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on toqqizinchi yalpi majlisini joriy yilning 3-may kuni Toshkent shahrida chaqirish togrisida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatning bugungi rivojlanish yolida qoyilgan maqsadlarga erishishga, fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustahkamlash va demokratik islohotlar samaradorligini taminlashga, 20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgan Ozbekiston Respublikasining qonunlari kiritilgan.

Davlat-xususiy sheriklik togrisidagi, Qishloq xojaligiga moljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish togrisidagi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari togrisidagi, Yaylovlar togrisidagi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, senatorlar Ozbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlarini ham korib chiqadi.

Shu bilan birga, yalpi majlisda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili Davlat dasturining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisobotini, shuningdek Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining, prokuratura organlarining, Hisob palatasining 2018-yildagi faoliyati togrisidagi hisobotlari eshitiladi.

Yalpi majlisda Toshkent viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti ham tinglanadi.

Senatorlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taminlash masalalari, suv ob'yektlariga oqindi suvlarni oqizish bilan bogliq muammolar yuzasidan hukumat azolariga parlament sorovlari yuborish, shuningdek ilgari yuborilgan parlament sorovlari natijalarini muhokama qilishadi.

Yalpi majlisda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham korib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qomitalari va devonining on toqqizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik korish va uni otkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-04-2019, 19:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -