» » Putin Moskva markazidagi pavilonni O‘zbekistonga muddatsiz va beg‘araz berishga qaror qildi

Putin Moskva markazidagi pavilonni O‘zbekistonga muddatsiz va beg‘araz berishga qaror qildi


O‘zbekiston Moskvada, VDNX ko‘rgazmasida avval shu nom bilan yuritilgan pavilonni muddatsiz va beg‘araz foydalanish uchun oladi. Bu haqda MGIMO bitiruvchilarining V xalqaro forumidagi chiqishi davomida Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

“O‘tgan asrning 50-yillarida Moskva markazida, VDNX ko‘rgazmasida ‘O‘zbekiston’ deb nomlangan juda chiroyli pavilon qurilgandi. U nimasi bilandir Toshkentdagi Navoiy teatri ichkarisida ko‘rish mumkin bo‘lgan manzaralarni eslatadi. Moskvada juda mashhur edi, ammo 1966-yili bu yerda ‘Sovet madaniyati’ paviloni joylashtirildi”, — deydi Medinskiy.

Medinskiyga ko‘ra, 90-yillarda xarob ko‘rinishga kelib qolgan ushbu bino 2016-yili Rossiya madaniyat vazirligi ixtiyoriga berilgan. Hozirda bu yerda mukammal ta’mirlash ishlari oxiriga yetmoqda.

“Rossiya prezidenti qarori bilan ushbu pavilon O‘zbekistonga eng yaxshi yutuqlarini namoyish etishi uchun muddatsiz va beg‘araz foydalanishga beriladi. Yaqin orada bu bino sizlar bilan bilan Moskvada uchrashishimiz mumkin bo‘lgan manzilga aylanadi”, — ta’kidladi Rossiya madaniyat vaziri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют