» » Abdulaziz Komilov RF Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov RF Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari bilan uchrashdi


2019-yilning 19-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V Xalqaro forumida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisining o‘rinbosari Ilyas Umaxanov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbatda ikki tomon kun tartibining, xususan uning tarkibiy qismi bo‘lgan ikki davlat hokimiyatining qonunchilik organlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari darajasidagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

Ko‘p tomonlama va o‘zaro foydali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirish ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga mos kelishi ta’kidlandi.

Ilyas Umaxanov MGIMO bitiruvchisi sifatida O‘zbekiston rahbariyatiga V Forumni tashkil etgani va mehmondo‘stlik uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdi.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 45) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют