» » Nukusda talabalar harbiy xizmatchilar uchun spektakl qo‘yib berdi (foto)

Nukusda talabalar harbiy xizmatchilar uchun spektakl qo‘yib berdi (foto)


17-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “Harbiy xizmatchilarning ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va roli” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik D.Choriyev, Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, professor M.Xudoyberganov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.Bayriyeva, Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari, 300 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Anjumanni o‘tkazishdan maqsad yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatning naqadar sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligini targ‘ib qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini kuchaytirish hamda yanada mustahkamlash yo‘lida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berishdan iborat.

Anjuman yakunida o‘quvchi yoshlar e’tiboriga O‘zbekiston armiyasida foydalanilayotgan zamonaviy qurol-aslaha namunalari havola etildi.

Bundan tashqari harbiy xizmatchilar uchun Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalar teatr-studiyasi tomonidan “Ko‘kdagi orzular” nomli spektakli namoyishi etildi. Mahorat bilan ijro etilgan sahna ko‘rinishi barchada ajoyib taassurot qoldirdi.

Muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Tafakkur” o‘yinlari esa askarlarning keng dunyoqarash va bilimga ega ekanligini yana bir bor isbotladi. Faol ishtirokchilarga jahon hamda o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyondalarining mashhur asarlari to‘plami sovg‘a qilindi.

18-may kuni esa Nukus shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda aholi ishtirokida  “Salomatlik” aksiyasi o‘tkazildi. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni boshchiligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda 500 nafardan ortiq harbiylar o‘z oilalari 5 km masofani piyoda bosib o‘tishdi.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda mamlakat aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, bu kabi aksiya o‘tgan hafta Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan poytaxtda ham o‘tkazilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют