» » Shvarsenegger JARda o‘ziga hujum uyushtirgan shaxsga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirdi

Shvarsenegger JARda o‘ziga hujum uyushtirgan shaxsga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirdi


Yoxannesburgdagi sport musobaqasida hakam sifatida ishtirok etayotgan amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarseneggerga noma’lum shaxs hujum uyushtirgani haqida xabar berilgan edi. Shvarsenegger hujum uyushtirgan shaxsga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Ko‘pchilik talab qilganiga qaramasdan, men da’voni ilgari surmayman. Bu uning uchun ‘ogohlantirish’ bo‘lganini va o‘z hayotini to‘g‘ri yo‘lga qaytarishiga umid qilaman. Men oldinga qarab yuraman va Afrikadagi ArnoldSports musobaqasida qatnashgan bir-birdan ajoyib atletlarga e’tiborimni qarataman”, — deb yozadi sobiq siyosatchi.

Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib turgan aktyor videoda muxlislari bilan muloqot qilayotganida noma’lum kishi yugurib kelib uni tepib yiqitgan edi.

Mazkur hujum nima sababdan uyushtirilgani hamon noma’lumligicha qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют