» » Germaniyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 60 dan ortiq yo‘lovchi jarohat oldi

Germaniyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 60 dan ortiq yo‘lovchi jarohat oldi


Germaniyaning Leypsig shahri yaqinida ichida 75 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan shaharlararo qatnovchi avtobus ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Noxush hodisa, 19-may kechasi A9 trassasida sodir bo‘lgan. Avtobus Berlindan Myunxenga ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘lgani va yetti kishi jiddiy jarohat olgani aytilmoqda. Bundan tashqari yana 66 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Jarohat olganlar vertolyot yordamida evakuatsiya qilingan. Hozirda A9 trassasida harakat to‘xtatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi harakat vaqtida uxlab qolgan bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют