» » O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy a’zosiga aylandi

O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy a’zosiga aylandi


Marche du Film kinobozorida ochilgan milliy pavilonda Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI) prezidenti Jess Konoplia bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ushbu nufuzli xalqaro assotsiatsiyaga a’zo bo‘ldi. Jess Konoplia Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga a’zolik sertifikatini topshirdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyati hamda kinolokatsiyalari jozibadorligi taqdim etildi. Assotsiatsiya bilan istiqbolli hamkorlik xam muhokama qilindi.

AFCI’ga a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi butun dunyodagi kinokomissiyalar ma’lumotlari bazasiga kiritiladi, jahonning eng yirik prodyuserlari va kinokompaniyalari shu assotsiatsiya orqali O‘zbekistonni suratga olish uchun manzil sifatida kashf qiladi.

Undan tashqari, mahalliy kinomutaxassislar o‘z tajribalarini oshirishlari uchun xorijiy konferensiya va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilinadi.

Ma’lumot uchun, shtab-kvartirasi AQShning Los-Anjeles shahrida joylashgan Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI)ga dunyodagi 300 dan ortiq kinokomissiya a’zo bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют