» » O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi so‘nggi 8 yildagi eng yomon natijasini takrorladi

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi so‘nggi 8 yildagi eng yomon natijasini takrorladi


Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Manchester shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatini medalsiz tark etadigan bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Shu bilan birga O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi 8 yildagi eng yomon natijasini takrorladi. O‘zbekiston terma jamoasi 2011-yildan buyon Jahon chempionatlarining uchtasida medallarga ega chiqqandi. Faqatgina 2013-yilda jamoa 4 nafar erkaklar terma jamoasi a’zosi bilan qatnashib medallarsiz qolgan bo‘lsa, 2015-yilda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2017-yilda 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqqandi. 2011-yilgi mundialda esa O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

2019-yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston 12 nafar sportchi bilan musobaqada ishtirok etdi. Ammo terma jamoaning eng yaxshi natijasi bor-yo‘g‘i chorak final yo‘llanmasi bo‘ldi. Dmitriy Shokin aynan shu bosqichga qadar yetib kelib, chorak finalda meksikalik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qolgan taekvondochilar esa chorak finalga ham yetib kela olmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют