» » Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga keldi

Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga keldi


Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga keldi. Bu haqda Onet Wiadomo?ci axborot portal xabar berdi.

Egizaklar — to‘rt qiz va ikki o‘g‘il — 20-may kuni Krakov Universitet kasalxonasida tug‘ildi. Shifokorlar bemor ustida muddatidan oldin kesarcha kesish operatsiyasini o‘tkazishga qaror qildi — ayolni homiladorlikning 29-haftasida operatsiya qilishdi.

Ona o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bolalar kuvyozlarga — chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun maxsus inkubatorlarga joylashtirildi. Go‘daklarning har biri taxminan 1 kilogrammdan vaznga ega.

Kasalxona vakili Mariya Vladkovska so‘zlariga ko‘ra, bu Polshada bir yo‘la olti bola tug‘ilishi bilan bog‘liq birinchi holat bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют