» » Toshkent bojxonasida kontakt linzalarni yashirin olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent bojxonasida kontakt linzalarni yashirin olib kirishga uringan shaxs ushlandi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistonga kirib kelgan halqaro qatnov poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv jarayonida fuqaro S.M. umumiy qiymati 60,4 million so‘mlik jami 1007 dona flakonlarda “ko‘z uchun linzalar”ni vagondagi shkaf ostiga yashirib olib kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, poyezd yo‘lovchisi fuqaro K.E.ning qo‘l yuklari orasida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan umumiy qiymati 13,4 million so‘mlik 70 dona biologik faol qo‘shimchalar borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar bo‘yicha tekshiruv harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 02:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют