» » Adliya vaziri o‘rinbosari Yesemurat Kanyazov: Barchamizning vazifamiz bir — inson huquqlarini himoya qiluvchi yuristlarni tayyorlash

Adliya vaziri o‘rinbosari Yesemurat Kanyazov: Barchamizning vazifamiz bir — inson huquqlarini himoya qiluvchi yuristlarni tayyorlash


Toshkentda Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov huquqiy sohani mustahkamlash malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liqligini ta’kidlab o‘tdi.

“Toshkent davlat yuridik universiteti va Bosh prokuratura Akademiyasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolangan. Memorandumga asosan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazamiz. Ya’ni prokuraturada bo‘lajak yuristlar uchun juda ko‘p materiallar bor. Materiallarni birgalikda tadqiq qilib, qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlab boramiz”, — dedi Yesemurat Kanyazov “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, prokuratura organlari O‘zbekistonda qonunchilikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda qonunlarni va huquqni qo‘llash amaliyotini to‘g‘ri shakllantirish uchun albatta malakali yurist kadrlar kerak. Bu ehtiyojni qondirish maqsadida Oliy sud maktabi ham tashkil etilgan.

“Bu tashkilotlar alohida-alohida faoliyat yuritishi ijobiy samara bermaydi, albatta. Barchamizning vazifamiz bir — inson huquqlarini himoya qilishda yaxshi yuristlarni tayyorlash. Axir qonunchiligimiz, huquqiy asosimiz bir-ku. Shuning uchun, mataxasisilarni tayyorlashda birgalikda ishlansa, har bir tomon maqsadiga erishadi”, — dedi u.

Ma’lumot uchun, huquqni muhofaza qilish organlari mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha 16—17-may kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Huquqni muhofaza qilish sohasida ilmiy va ta’lim salohiyatini oshirish: mavjud tendensiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda ilm-fan va ta’lim sohasidagi 50 nafardan ziyod xorijiy ekspertlar, shuningdek, 21 ta davlat va 11 ta xalqaro tashkilotlarning amaliyotchilari ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют