» » Rossiyaga boruvchi o‘zbekistonliklar soni 15 foizga ko‘paydi

Rossiyaga boruvchi o‘zbekistonliklar soni 15 foizga ko‘paydi


2019-yilning yanvar–mart oylarida Rossiyaga borayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni 15 foizga ko‘paydi. Bu Rossiya Turoperatorlar assotsiatsiyasiga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

Rossiyaga kelgan xorijiy fuqarolar orasida eng ko‘p Ukraina vakillari – 1,7 million kishini tashkil etadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga kam. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston – 870 ming kishi (+2,5%), uchinchi o‘rinda O‘zbekiston — 634,7 ming kishi (+15%), Tojikiston — 689,1 ming kishi (+24,3%), Xitoy — 342,1 ming kishi (+17%).

“Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolarning katta qismini Sobiq Ittifoq fuqarolari tashkil qiladi – 4,7 million kishi. Shunindek, Rossiyaga chegaradosh bo‘lgan Finlyandiya, Polsha, Estoniyadan ham ko‘p kishi tashrif buyuradi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi qayd etishicha, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolar orasida aynan turizm maqsadida kelayotganlar soni ham ko‘paymoqda. Xususan 2019-yilning birinchi choragida kelishdan maqsad “turizm” deb ko‘rsatgan mehmonlar soni 21,5  foizga oshgan.

Rossiyaga eng ko‘p sayyoh jo‘natadigan 10 mamlakat quyidagilar: Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Germaniya, Fransiya, Tailand, Turkiya, AQSh va Yaponiya.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют