» » Uzinfocom’ning ustav kapitalidagi davlat ulushi UMS’ga o‘tkaziladi

Uzinfocom’ning ustav kapitalidagi davlat ulushi UMS’ga o‘tkaziladi


Uzinfocom’ning ustav kapitalidagi davlat ulushi UMS’ga o‘tkaziladi, deb xabar berdi Spot.

Prezidentning “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019?2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJ (UMS)ni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jamg‘armasi mablag’lari hisobidan “UZINFOCOM” davlat axborot tizimini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona indegrator MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushi kamida 51%ga oshiriladi.

Uzinfocom’ning ustav kapitalidagi davlat ulushi keyinchalik “Universal Mobile Systems” MChJga ustav kapitalini ko‘paytirish hisobiga o‘tkaziladi.

UMS’ga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topshiriqlarini Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bilan kelishilgan holda amalga oshirish huquqi beriladi.

Operator 2022-yil 1-yanvarga qadar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun olib kiriladigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Shuningdek, telekommunikatsiya obyektlarini qurish uchun operatorga yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish auksion o‘tkazmasdan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют