» » Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq undiriladi

Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq undiriladi


“Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar berdi O‘zA.

Qonunga muvofiq, yaylovlar chorva mollari uchun ozuqa bo‘lgan o‘simliklarning tabiiy qoplamiga ega yerlardir.

Tog‘dagi yaylovlar mavsumiy bo‘lib, ulardan yilning faqat muayyan vaqtida foydalaniladi.

Yaylovlardan foydalanuvchilar yaylovlardan birgalikda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish uchun yaylovlardan foydalanuvchilar birlashmalarini tashkil etishga haqli.

Yaylovlar doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtincha foydalanishga hokimlarning qaroriga ko‘ra berilishi mumkin.

O‘rmon fondi yerlarida yaylovlardan davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining ruxsatnomasi bo‘yicha foydalaniladi.

Yaylovlardan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i yoki ijara haqi tarzida undiriladi.

• Yaylovlardan foydalanish huquqi quyidagi hollarda tugatiladi:

• yuridik shaxs tugatilganda;

• jismoniy shaxs vafot etganda;

• yaylovlar berilgan muddat tugaganda;

• boshqa maqsadda foydalanilganda;

• oqilona foydalanilmaganda;

• yaylov yerlari davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda;

• yaylovlardan foydalanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют