» » Markaziy bank: Budjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi

Markaziy bank: Budjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi


Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov budjet sohasidagi ishchilarning oylik maoshlarini to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda u Xalqaro press klubning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Hozir Toshkentda Humo to‘lov tizimi ishga tushirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000 dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturiy ta’minotlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi”, — dedi Markaziy bank rahbari.

Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishni joriy etishni boshlab yuborgan.

Avvalroq, Markaziy bank rahbari nafaqa pullarini naqd ko‘rinishda berilishini to‘xatatish va har bir mahalla hamda xizmat ko‘rsatish joylariga bankomatlar o‘rnatish borasidagi rejani ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 10) ( 0) ( 10) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют