» » O‘zbekistonning to‘qqizta tijorat banki onlayn konversiya uchun mobil ilovasini ishga tushirdi

O‘zbekistonning to‘qqizta tijorat banki onlayn konversiya uchun mobil ilovasini ishga tushirdi


1-apreldan jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani naqd ko‘rinishda yechib olish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda, Markaziy bankka asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Aholining naqd xorijiy valyutaga bo‘lgan talabini qondirish uchun tijorat banklari kassalar, valyuta ayirboshlash punktlari va bankomatlar orqali naqd valyutani yechib olish bo‘yicha sharoitlar yaratmoqda.

Tijorat banklari jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridan pullarni yechib olishga mo‘ljallangan terminallar bilan ta’minlandi. Moliya muassasalari naqd xorijiy valyutani yechib olishga mo‘ljallangan bankomatlar sonini bosqichma-bosqich oshirib boradi. Yil oxiriga qadar respublika bo‘yicha yana 1000 ta shunday uskunalar o‘rnatiladi.

Xabarda qayd etilishicha, bir bankda boshqa banklar kartalaridan naqd pulni yechib olishda qo‘shimcha komissiya to‘lovi olinadi. Qoidaga ko‘ra, u yechib olinayotgan summaning 1 foizini tashkil etadi.

Bundan tashqari, apreldan xalqaro to‘lov kartalariga xorijiy valyutani sotish-sotib olish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazishga xizmat qiluvchi jismoniy shaxslar hisoblarini masofadan boshqarish tizimi joriy etildi. O‘zbekiston Milliy banki, Hamkorbank, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Ipoteka bank”, “Agrobank”, “Oriyent finans bank”, “Aziya alyans bank”, “Qishloq qurilish bank” va “Ipak yo‘li bank” xalqaro to‘lov kartalariga xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish uchun mobil ilovani ishga tushirdi. Foydalanuvchilar mobil ilovalarni Google Play va AppStore orqali yuklab olishlari mumkin. Boshqa banklar bu kabi mobil ilovalarni ishlab chiqmoqda, ular ishga tushishi bilan xabar qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют