WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Shimoliy Karolinada AQSh dengiz piyoda askarlari samolyoti quladi
Shimoliy Karolinada AQSh dengiz piyoda askarlari samolyoti quladi
Shimoliy Karolina shtatining Xevlok shahri yaqinida AQSh dengiz askarlari korpusining ikkinchi havo eskadrili AV-8B Harrier qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchuvchi muvafaqiyatli katapultalangan. U tekshiruvdan o‘tkazish uchun Nyu-Berndagi Karolina East tibbiy markaziga keltirilgan.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha okrug boshlig‘i Kreyven Stenli Kayt halokat oqibatida yong‘in kelib chiqqani va u o‘chirilganini aytgan. Sodir bo‘lgan hodisada mahalliy aholi fuqarolarining qurbon bo‘lgani yoki jabrlangani haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Harbiylar samolyot qulagan joyni o‘rab olgan. Halokat sababi ma’lum qilinmagan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?