» » Tramp AQSh kompaniyalari Xitoydan chiqib ketishini malum qildi

Tramp AQSh kompaniyalari Xitoydan chiqib ketishini malum qildi


AQSh prezidentining sozlariga kora, Xitoydan keltirilayotgan tovarlarga boj tolovi joriy etilishi Amerika kompaniyalarining Xitoydan chiqib ketishiga sabab boladi.

RBKning xabar berishicha, Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyuda boj tolovining sezilarli darajada kotarishi kompaniyalarni ishlab chiqarishni Xitoydan Vyetnamga va Osiyoning boshqa mamlakatlariga kochirishga undashini aytgan. Uning fikricha, bunga xitoyliklarning ozi aybdor.

Amerika prezidentining takidlashicha, AQShda ham, Xitoyda ham juda yaxshi savdo kelishuvini tuzish imkoniyati bor edi. Lekin Pekin bularning barchasini ozgartirishga qaror qildi.

Men mayli, dedim, unda biz boj tolovini kotaramiz, degan Tramp.

U, shuningdek, sobiq vitse-prezident Jo Beydenning Xitoyga bolgan pozitsiyasini tanqid qilgan.

U Xitoy bizga raqobatchi emasligini aytdi. Aslida esa Xitoy yirik raqobatchi. Ular butun dunyoni egallab olmoqchi, degan Tramp.

Eslatib otamiz, Vashington 10-maydan AQShga keltiriladigan Xitoy tovarlariga boj tolovini 10 foizdan bira tola 25 foizga oshirgan edi. Tramp buni Pekinning ikki mamlakat ortasida tuzilgan savdo bitimi buzganligi oqibati ekanligini aytgan. Xitoy hukumati bunga qarshi afsus bilan javob chorasini korishini bildirgan.

Shunday boldi ham. Bojxona tolovlari boyicha Davlat kengashining 13-maydagi topshirigiga binoan, 2019-yilning 1-iyunidan boshlab umumiy qiymati 60 milliard dollarni tashkil etgan AQShdan import qilingan bir qator tovarlarga boj tolovi kotarildi. Endi u 10 foizdan 25 foizgacha boladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-05-2019, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -