» » Xalq ta’limi vazirligiga Toshkentdagi 50-maktab buzilishi borasida hokimiyatdan hech qanday so‘rov kelib tushmagan

Xalq ta’limi vazirligiga Toshkentdagi 50-maktab buzilishi borasida hokimiyatdan hech qanday so‘rov kelib tushmagan


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 50-sonli umumta’lim maktabining buzilishi haqida ma’lumot tarqatildi. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ushbu xabarning noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandiga muvofiq, umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarining yer uchastkalarini hamda ko‘chmas mulkini Xalq ta’limi vaziri bilan kelishmasdan begonalashtirish taqiqlanadi.

Bugungi kunga qadar Xalq ta’limi vazirligiga mazkur maktabning yer uchastkalarini va ko‘chmas mulkini begonalashtirish to‘g‘risidagi arizalar kelib tushmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют