» » Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning gologrammasi gastrol safariga chiqadi

Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning gologrammasi gastrol safariga chiqadi


Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyuston o‘limidan yetti yil o‘tib, konsert dasturi bilan safarga otlanmoqchi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.

Xabarlarga ko‘ra, qo‘shiqchi Xyustonning merosxo‘rlari bu taklif bilan chiqqan. Qo‘shiqchining menejeri Pet Xyustonning aytishicha, Uitni Xyustonning konsert dasturi uchun gologramma tayyorlanmoqda. Yulduzning ilgari e’lon qilinmagan ashula va musiqalari, unga bag‘ishlangan qo‘shiqlar jamlanib, musiqiy albom chiqariladi.

Gologramma safari chog‘ida Uitnining akasi, Petning turmush o‘rtog‘i Geri va boshqalardan iborat haqiqiy ansambl a’zolari birga chiqish qiladi. Pet marhum qo‘shiqchining menejeri vazifasini 2000-yillarning boshidan beri bajarib keladi. U Uitni merosining yagona boshqaruvchisidir.

Uitni Xyuston yetti yil oldin, 48 yoshida tasodifan cho‘kishi tufayli vafot etgan. Uning muvaffaqiyatli sahna karyerasi ancha oldinroq, giyohvand moddalarni iste’mol qilishi oqibatida tugagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют