» » Qrim tatarlari Ukraina diplomatlaridan kechirim so‘rashni talab qilmoqda

Qrim tatarlari Ukraina diplomatlaridan kechirim so‘rashni talab qilmoqda


Qrim tatarlari uyushmasi “Qrim birligi” AQShda faoliyat yurituvchi Ukraina diplomatlaridan kechirim so‘rashni talab qilmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Ukrainaning AQShdagi elchixonasi Qrim tatarlari deportatsiyasiga bag‘ishlangan maqola va bir necha tarixiy fotosuratlar chop etgan. Keyinchalik, ushbu suratlarda qrim tatarlari deportatsiya qilinishi emas, Polshada yahudiylarni gettoga olib ketishi aks etganligi ma’lum bo‘lgan. Suratlar AQShdagi Xolokost muzeyiga tegishli bo‘lgan.

“Diqqat bilan qaralganda, vagonlardan birida France degan yozuvni, suratdagi erkaklarning birining kiyimida 6 burchakli yulduz ramzini ko‘rish mumkin”, — deyilgan xabarda.

1941–1945-yillarda Qrim yarim orolidan 277 mingdan ortiq qrim tatarlari, armanlar, greklar, nemis va italyanlar oilalari deportatsiya qilingan edi. 18-may — Qrim tatarlari deportatsiyasi xotira kuni.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют