» » Xitoylik bolakay ota-onasining e’tibori uchun “o‘zini o‘zi o‘g‘irladi”

Xitoylik bolakay ota-onasining e’tibori uchun “o‘zini o‘zi o‘g‘irladi”


Xitoyning Sichuan provinsiyasida yashovchi 13 yoshli o‘smir ota-onasi unga kam e’tibor qaratayotgani sabab o‘zining o‘g‘irlab ketilishini tashkillashtirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

AsiaOne nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya xodimlar tasodifan qo‘llari bog‘liq holda eski yuk mashinasiga tashlab ketilgan bolakayni topib olgan.

O‘smirning ma’lum qilishicha, noma’lum erkak kelib uning yuziga gaz sepgan va u shundan so‘ng hushini yo‘qotgan.

Politsiya xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida hech qanday jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Shundan so‘ng ular bolani so‘roq qilib, uning oilasida vaziyat bilan qiziqqan. So‘roq vaqtida u “o‘zini o‘zi o‘g‘irlagani”ni tan olgan.

Bolakay ota-onasi boshqa provinsiyada ishlagani sabab ularni faqat yangi yilda ko‘rishidan shikoyat qilgan. Hozirda yigitcha bobo va buvisi bilan birga yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют