» » Bloomberg: Poroshenkoning boyligi prezidentlik yillarida 40 foizga kamaygan

Bloomberg: Poroshenkoning boyligi prezidentlik yillarida 40 foizga kamaygan


Pyotr Poroshenko besh yil davomida Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelgan paytda o‘z mablag‘ining 40 foizini yo‘qotdi, deb xabar berdi Meduza.

Bloomberg’ning ma’lum qilishicha, uning boyligi 2014—2019-yillarda 705 milliongacha qisqardi. Ukrainaning  Forbes jurnali 2014-yilda Poroshenkoning boyligini 1,3 milliard dollarga baholagan, 2015-yilga kelib esa uning sarmoyasi 750 million dollarga kamaygan.

Poroshenkoning eng qimmat aktivi bu Roshen qandolatchilik konsernidir. Bloomberg’ning qayd etishicha, 2012-yilda Roshen ishlab chiqarish hajmi yiliga 400 tonnani tashkil etgan. Ammo kompaniya mahsuloti Rossiyada taqiqlanganidan so‘ng bu ko‘rsatkich to‘rt baravarga kamaygan.

Pyotr Poroshenko Ukrainaning beshinchi prezidenti. U prezidentlik saylovlarida Vladimir Zelenskiyga yutqazganidan so‘ng ushbu lavozimni 20-may kuni tark etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют