» » “Manchester Yunayted” portugaliyalik yosh iqtidor uchun 105 mln funt to‘lashga tayyor

“Manchester Yunayted” portugaliyalik yosh iqtidor uchun 105 mln funt to‘lashga tayyor


“Manchester Yunayted” va “Atletiko” “Benfika” bilan jamoa hujumchisi Joau Feliks transferi borasida muzokaralarni boshlab yubordi.

Record’ning xabar berishicha, ingliz klubi 19 yoshli o‘yinchi uchun 105 million funt (120 million yevro atrofida) to‘lashga tayyor.

Ayni paytda “Atletiko” ham mavsum oxirida klubni tark etuvchi hujumchi Antuan Grizmann o‘rniga futbolchi qidirishni boshlab yuborgan.

Avvalroq “Benfika” hujumchi bilan yangi shartnoma tuzishga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Feliks joriy mavsum Primeyro doirasida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urishga erishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Feliksning shartnomasida tovon puli 120 million yevro deb belgilangan, biroq Portugaliya klubi rahbariyati mazkur mablag‘ni 200 millionga oshirishni rejalashtirmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют