» » Qoraqalpog‘istonda lizingga avtomobilni vaqtida olmagan iste’molchiga penya undirib berildi

Qoraqalpog‘istonda lizingga avtomobilni vaqtida olmagan iste’molchiga penya undirib berildi


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi murojaat o‘rganib chiqildi, deb “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

To‘rtko‘l tumanidagi “To‘rtko‘l Avtolizing” MChJ korxonasi rahbari A.Rajapboyev tomonidan To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ OFY №12 bo‘limi №114- xonadonida yashovchi fuqaro Qabulov Jahongir Azamat o‘g‘li bilan 2019-yil 8-yanvar kuni tuzilgan №01/01-sonli Spark rusumli avtomobilini lizingga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma shartlarini bajara olmaganligi sababli, iste’molchi Qabulov Jahongir to‘lagan 19 999 000 (o‘n to‘qqiz million to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz ming) so‘m lizing asosiy to‘lovi, 3 332 000 (uch million uch yuz o‘ttiz ikki ming) so‘m lizinga xizmat ko‘rsatish to‘lovini — jami 23 331 000 (yigirma uch million uch yuz o‘ttiz bir ming) so‘mni to‘liq naqd pulda qaytarib to‘lab berdi.

Shuningdek, Lizing shartnomasining 6,3-bandi bo‘yicha shartnoma o‘z vaqtida bajarilmaganligi uchun lizing obyekti qiymatining 2% miqdorida 1 334 000 (bir million uch yuz o‘ttiz to‘rt ming) so‘m penya ham to‘landi.

Shu bilan iste’molchining arizasi to‘liq qanoatlantirilib uning foydasiga jami 24 665 000 (yigirma to‘rt million olti yuz oltmish besh ming) so‘m qayta hisob-kitob qilinib qaytarib olib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют