» » Dunyo aeroportlaridagi eng yaxshi mehmonxonalar ma’lum qilindi

Dunyo aeroportlaridagi eng yaxshi mehmonxonalar ma’lum qilindi


Jurnalistlar dunyo aeroportlaridagi eng yaxshi mehmonxonalar reytingini tuzdi va to‘liq ro‘yxatni The Sun jurnalida chop etdi.

Birinchi o‘rinni Singapurning Changi aviabandargohi egalladi. U ochiq basseyn mavjud bo‘lgan dunyodagi yagona tranzit mehmonxona. Uning oldida bar va jakuzi joylashgan. Mehmonxonadagi xonalar derazasi ochilganda shundoq aeroportning uchib-qo‘nish yo‘lagi ko‘rinib turadi.

Ikkinchi o‘rinni jurnalistlar Londonning Stansted aeroportidagi Radisson Blu Stansted mehmonxonasiga berdi. Uning asosiy o‘ziga xos jihati Angel’s Wine Tower Bar vino bari hisoblanadi. Uning imoratida to‘rt mingdan ortiq butilkalar joylashgan. Buyurtmani esa “vino farishtasi” — akrobat–ofitsiant keltiradi.

Uchinchi o‘rinni Kennedi nomidagi Nyu-York aeroportida joylashgan TWA Hotel mehmonxonasi egalladi. U TWA avikompaniyasi sobiq terminalining ochiq rekonstruksiyalangan binosida joylashgan. Basseyndan uchib-qo‘nish yo‘lagi ko‘rinib turadi. Mehmonxonaning o‘zi esa “sayohatlar oltin asri” uslubida qurilgan.

Ro‘yxatning qolgan qismida Kanadaning Vankuveridagi Vancouver Airport Hotel, Germaniyaning Myunxen shahridagi Hilton Munich Airport Hotel, AQShning Mayami shtatidagi Pullman Miami Airport Hotel, AQShning Orlando shtatidagi Hyatt Regency Orlando International Airport, Farer orollaridagi Hotel Vagar mehmonxonalari o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют